![JALOLOBOD SHAHRIDAGI INSTITUTDA ADTI MUTAXASSISI MAʼRUZA OLIB BORDI](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/12/photo_2021-12-27_10-33-45.jpg)
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan dars jarayonlari va tajriba almashinuvlari taʼlim sifatini yanada oshirmoqda. Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qahhorov Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod shahridagi Mediko-Sotsial ilmiy izlanish institutida boʻldi. Z.Qahhorov u yerda oʻtkazilgan “Zamonaviy tibbiyot, yangicha yondashuv va dolzarb izlanishlar” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi.
Shuningdek, akademik mobillik doirasida institutda taxsil olayotgan 2-bosqich talabalariga Anatomiya fanidan “Markaziy nerv tizimi” mavzusida maʼruza olib bordi.