alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JANUBIY KOREYA BILAN HAMKORLIK DOIRASI YANADA KENGAYMOQDA

12:05 25.04.2023

Bugungi kunda Respublikamizning tibbiyot sohasida xalq tabobatiga eʼtibor ortib bormoqda.

Ushbu sohani yana-da rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida joriy yilning, 24-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalari bo‘yicha prorektor K.Salahiddinov, Anesteziologiya-reanimatologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi xodimlari Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida yetib bordilar. U yerda Chounju shahridagi xalq tabobatida keng samarali qo‘llanayotgan “Jenshen” plantatsiyasiga tashrif buyurdilar.

Butun Koreyaga birinchilardan bo‘lib, mahsulot yetkazib berayotgan “Koreya Jenshen export” kompaniyasining ishlash tartibi, yer hududlarini ko‘zdan kechirib, tibbiyot instituti bilan hamkorlik rejalari tuzildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!