alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JINOYATCHILIK VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR

18:23 14.03.2022

Talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik borasidagi profilaktik tadbirdarning oʻtkazilishi davom etmoqda.

Davolash fakultetining 109-, 110-,111-, 116-, 211-, 212-guruhlari hamda tibbiy profilaktika yoʻnalishining 302-guruhi talabalari, professor-oʻqituvchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish, talim sifatini yaxshilash borasida suhbat oʻtkazildi. Tadbir davomida talabalarning davomati, dars jarayonidagi  talim sifati, oʻquv xonalaridagi texnik vositalar, oʻquv qoʻllanmalar, jihozlarning mavjudligi ham oʻrganildi. Talim sifatini yaxshilash borasida professor-oʻqituvchilar va talabalar ham oʻz takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimini nazorat qilish boʻlimi tomonidan takliflar bilan birga eʼtirozlar ham tinglanib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!