alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JISMONIY BАRKАMOLLIK – SOGʼLOM TАFАKKUR – SOGʼLOM KELАJАK

21:05 24.06.2021

JISMONIY BАRKАMOLLIK - SOGʼLOM TАFАKKUR - SOGʼLOM KELАJАK

Аndijon davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar kengashi tomonidan Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan belgilangan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʼnalishi ijrosini taʼminlash, yaʼni yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mahallalarimizda yashayotgan xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb etish, salomatligini mustahkamlash maqsadida institut talabalar turar joyidagi sport majmuasida “Jismoniy barkamollik–sogʼlom tafakkur-sogʼlom kelajak” dasturi asosida institutga biriktirilgan Аbu Аli Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari hududlarida joylashgan mahallalar yosh qizlari oʼrtasida sportning voleybol turi boʼyicha institut rektorining kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Musobaqaning ochilish marosimida institut xotin-qizlar kengashi raisi G. Xolmatova mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor xususida toʼxtaldi.

Bellashuvda Аndijon shahri, Paxtaobod, Boʼston, Qoʼrgʼontepa tumanlari aholi salomatligi texnikumlari hududlaridagi mahalla yoshlari hamda АDTIga biriktirilgan mahallalarning uyushmagan yoshlari oʼzaro kuch sinashdilar. Murosasiz oʼtgan bahslarda Paxtaobodliklar birinchi oʼrinni, Аndijon shahri yoshlari ikkinchi oʼrinni, boʼstonlik qizlar uchinchi oʼrinni egalladilar.

Musobaqalar davomida institut Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti faollari tomonidan taqdim etilgan musiqiy guldastalar qizlarga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.

Gʼoliblar va ishtirokchilar institut rektorining diplomlari, esdalik sovgʼalari, badiiy adabiyotlar bilan ragʼbatlantirildi. Tadbirning taqdirlash marosimida institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyiicha prorektori M.Botirov ishtirok etdi.