Homilador ayollar bilan birgalikda chaqaloqlarda ham juda minimal foizda koronavirusga chalinish kuzatilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ona koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa ham yangi tug‘ilgan bolani ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. CHunki ko‘krak sutida juda ko‘p immunomodulinlar va kasallikka qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjud. Shu bois ona suti bola uchun «birinchi emlash», vazifasini bajaradi.
Tajribalar ko‘rsatishicha, ona suti chaqaloqlarga vaksinatsiyadek ta’sir qilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan onadan tug‘ilgan chaqaloqlardan 12-24 soat ichida va 24 soatdan keyin olingan testlar ularning immunitetida kasallik bilan kurashish qobiliyati shakllanganini ko‘rsatmoqda.
Barno Abdusamatova,
SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi
Manba: @ssvuz