alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

K.MIRZAYEV XOTIRASIGA BAGʻISHLANGAN ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻTKAZILDI

22:32 09.04.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida Yuqumli kasalliklar kafedrasi asoschilaridan biri, kafedra mudiri, t.f.d. professor K.M.Mirzayevning xotirasiga bagʻishlab chet ellik olimlar ishtirokida “Ayrim infeksion kasalliklarning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Unda institut rektori M.Madazimov, onlayn tarzda G.N.Gabrichevskiy nomidagi Moskva Rospetrebnadzor Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining klinik ishlari boʻyicha oʻrinbosari, t.f.d. T.Rujensova, Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasining Yuqumli kasalliklar va Dermatovenerologiya kafedrasi mudiri, professor G.Abuova Andijon, Fargʻona, Namangan infeksion tibbiyot muassasalari mutaxassislari hamda ustozning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Anjumanda “K.M.Mirzayevning hayoti va ilmiy ijodi”, “Diareya sindromi terapiyasiga zamonaviy yondashuvlar”, “Virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda ichak mikroflorasining buzilishlarini korreksiyalash” mavzularida maʼruzalar oʻqildi. Shundan soʻng mavzular boʻyicha mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, K.Mirzayevning oila aʼzolari, yaqinlari, hamkasblari, shogirdlariga institut jamoasi tomonidan iftorlik dasturxoni tashkil etildi. Bir piyola choy ustida ustozning hayoti va dars jarayonlari, shogirdlariga qoldirgan ilmiy merosi haqida fikrlar almashildi va uning xaqqiga duolar qilindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!