Kafedraga yаngi tibbiy jihozlar keltirildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

        Andijon davlat tibbiyot institutida yangi 2019- yil boshidan yangi va muhim bo‘lgan  zamonaviy tibbiy jihozlar  keltirilib, fan kabinetlari va laboratoriya xonalariga  qo‘yildi. Bunday jihozlar gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasidagi o‘quv xonalariga   o‘rnatildi.Mazkur kafedraga 5 ta “Artel” televizori, talabalar uchun  yangi stol-stullar, 5 ta mikroskop apparati, gistologiya muzeyi uchun  qattiq va yumshoq mulyajlar, vakuumda saqlanuvchi ko‘rgazmalar topshirildi.

ADTI klinikasida joylashgan patologik anatomiya va sud tibbiyoti  kafedrasidagi o‘quv xonalariga   o‘rnatildi.

Mazkur kafedraga 4 ta “Artel” televizori, talabalar uchun  yangi stol-stullar, 10 ta mikroskop, 1 ta yangi keltirilgan zamonaviy mikroskop apparati, vakuumda saqlanuvchi ko‘rgazmalar topshirildi. Kafedra xonalari joriy ta’mirlandi. Barcha o‘quv xonalarida talabalar va o‘qituvchilarning  dars va mashg‘ulotlarni, ilmiy  izlanishlarni  qiziqarli  olib borishlari uchun  zarur sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, ADTI 2-o‘quv binosida joylashgan  mikrobiologiya va ftiziatriya kafedrasining  o‘quv xonalari ham  joriy ta’mirdan chiqarildi, yangi stol-stullar bilan jihozlandi.

Mikroskop apparatlari va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi. Dars jarayonlarini  va mashg‘ulotlarni samarali tashkil etilishi uchun  barcha sharoitlar, qulayliklar yaratildi.

 

485