
Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan Yuqumli kasalliklar va Dermatovenerologiya kafedralaridagi dars jarayonlari, moddiy texnika bilan ta’minlanganligi, ta’lim sifati, talabalarning davomati oʻrganildi. Kafedralardagi professor – oʻqituvchilar hamda talabalar bilan yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiya holatlariga murosasiz kurash olib borish borasida suhbat oʻtkazildi. Kafedra professor -oʻqituvchilariga talabalarga dunyoda yuz berayotgan siyosiy – iqtisodiy yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borishni yoʻlga qoʻyish, ta’lim sifatini yaxshilash choralarini ko’rish toʻgʻrisida tavsiyalar berildi,