Darslar interfaol usullarda va baxslarga boy oʻtkazilsa, talabaning oʻzlashtirish koʻrsatgichi ham yuqori boʻladi. Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasida Davolash fakultetining 453-458-guruh talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Tadbir avvalida kafedra mudiri Sh.Yusupova soʻz olib, bunday musobaqalarni tashkil etish birgina talabalarni emas, xatto professor-oʻqituvchilarni ham oʻz ustida ishlashlariga turtki boʻlayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Oʻyinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ularga professor-oʻqituvchilar tomonidan fanga oid savollar berildi. Har bir savolga bir daqiqa davomida javob berishga harakat qilgan talabalar oʻtgan darslarni qay darajada bilib olganliklarini yaqqol namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, 453-guruh jamoasi 1-oʻrinni, 455-guruh jamoasi 2-oʻrinni, 458-guruh jamoasi esa 3-oʻrinni egalladi. Gʻoliblar kafedra tomonidan munosib taqdirlandi.