Ma’lumki, Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12 ta aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar biriktirilgan bo‘lib, mas’ullar tomonidan ularning yashash sharoitlari va muammolari doimiy tarzda o’rganib kelinmoqda.
Uchrashuvlar davomida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, daromadlarini oshirish, mehnatga layoqatli, ishlash istagini bildirgan yoki tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari va kasb-hunarga yo‘naltirish xususida tushunchalar berildi, migratsiyadagi va ayni vaqtda migratsiyadan qaytgan fuqarolarning holatlari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, tikuvchilik bilan shug‘ullanish uchun bankdan kredit olish istagini bildirgan fuqaro Xalq banki viloyat boshqarmasi mutaxassislariga yo‘naltirildi hamda yana bir fuqaroga Andijon shahar hokimligi tomonidan tikuv mashinasi taqdim etildi.
Aholi bilan suhbat olib borish jarayonlari davom etadi.