alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KASBGA YO’NALTIRISH MAQSADIDA

09:02 25.02.2021

Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamshiralik ishi yo‘nalishining 30 nafar talabalari institutimizda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Ularga davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash dekan o‘rinbosari boshchilik qildi. Texnikum o‘quvchilariga institut fakultetlari va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, ular anatomiya muzeyi, simulatsion, inkubatsion va akseleratsiya markazlarining imkoniyatlari bilan tanishdilar. O‘quvchilarning institutimizga bo‘lgan sayohatlari ularning yanada o‘qib-izlanishlari uchun turtki bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!