Shifokorlik libosining sharafi bor boʻlgani kabi, masʼuliyati ham bor. Bir bemorning shifo topishi yuzlab insonlarga xursandchilik bagʻishlaydi.
Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Kasbim – faxrim” shiori ostida kasblar festival oʻtkazildi.
Festival tanlov tariqasida boʻlib, unda texnikum oʻquvchilari tibbiyot, tikuvchilik, pazandachilikka oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Ularni Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari baholab bordilar. Eng bilimdon va zukko oʻquvchilar texnikumning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.