Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KECHA PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV RAISLIGIDA YANGI O‘ZBEKISTONNING 2022-2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN TARAQQIYOT STRATEGIYASINI BELGILASH HAMDA UNI JORIY YILDA AMALGA OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMASI YUZASIDAN VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHIDA O‘TKAZILDI

14:52 27.01.2022

Unda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid  davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Videoselektor davomida Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.  Qarorga muvofiq, endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatishni ta’minlash uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modelini joriy etish belgilandi.

Shuningdek, selektor davomida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida strategiyada belgilangan vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.

– maktab ta’limi sifatini oshirish, kelgusi besh yilda maktablarda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish hamda darsliklarni yangilash;

– barcha hududlarda maktabgacha ta’limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga yetkazish;

– kamida 10 ta oliygohning nufuzli xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlash;

– xususiy sheriklik asosida 100 ming o‘rinli talabalar

turar joylarini barpo etish;

– byudjetdan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratiladigan mablag‘larni 3 baravarga oshirish;

– birlamchi tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli tibbiyotni keng joriy qilish.

Bu kabi islohotlarning zamirida inson salomatligi va yuksak ta’lim olish darajasini yuksaltirishga qaratilgan.

Skip to content Click to listen highlighted text!