Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KEGEYLI TUMAN AHOLISIGA ISHCHI GURUH TOMONIDAN SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATILDI

22:56 02.04.2022

Shifokorning birinchi galdagi vazifasi qayerda va qay holatda boʻlmasin aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish. Oʻz kasbiga fidoiy Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari yurtimizning eng chekka xududlarida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklarni oʻtkazib kelmoqda. Ana shunday begʻaraz tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanida olib borildi. Jarayonlar bilan avvalgi xabarlarimizda oʻrtoqlashgan edik.

6 nafar professor-oʻqituvchilarimiz tibbiy koʻriklar davomida jami 784 nafar bemorlarning salomatligini tekshirdilar. Tuman sharoitida 27 ta murakkab jarrohlik amaliyoti, jumladan, bir necha yillardan beri dard bilan olishgan 3 nafar bemorda koʻkrak qafasi deformatsiyasi, 2 nafar bemor bolajonda qorin boʻshligʻi. 14 nafar bemorda teri rekonstruktiv, 2 nafar bemorda abdominal, 4 nafar bemorda LOR, 2 nafar bemorda shoshilinch xirurgik operatsiya oʻtkazildi.

Mazkur mutaxassislar amaliy yordamlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kengashi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!