“KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDAGI “MA’RIFAT DARSI” OLIB BORILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDAGI “MA’RIFAT DARSI” OLIB BORILDI

13:46 28.10.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarni O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyatini chuqur anglashga, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishtirishga qaratilgan “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat dars”lari davom etmoqda.

 

Bu galgi darsni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.salohiddinov olib bordi. Unda talabalarga Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganining ahamiyati, jahon miqyosida Yangi O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragi sifatidagi o‘rni, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortishi borasida mamlakatimiz Prezidenti olib borayotgan siyosatning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mavzu doirasida talabalar O‘zbekistonning tarixiy ildizlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, xalqaro tashkilotlardagi faoliyati hamda jahon mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarini o‘rgandilar. Shu orqali ular milliy taraqqiyot va xalqaro integratsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushundilar.

 

Skip to content