alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KELAJAK UCHUN OVOZ BERING!

15:27 21.09.2021

Mamlakatimizda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, saylovlar oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021-yilgi prezidentlik saylovi 24-oktabrga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu saylovda 5 ta partiya — “Adolat” Sotsial Demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi, Xalq Demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega bo‘ldi.

Birinchi – O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oblomurodov Narzullo Naimovich

Ikkinchi – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Vorisova Maqsuda Azizovna

Uchinchi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, O‘zbekiston Respublikasi Prezizidenti, Mirziyoev Shavkat Miromonovich

To‘rtinchi – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi, Qodirov Alisher Keldievich

Beshinchi – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!