Kelajaka qadam – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kelajaka qadam

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi  “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–61-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarorining ijrosini ta’minlash, jumladan, respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida amalga oshirilayotan ishlar toʻgʻrisida

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–61-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarorining ijrosini ta’minlash, jumladan, respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida quyidagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishga ko‘makklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”        2025 yil 14 – fevraldagi PQ – 61 – son qarori institutning barcha  bitiruchi bosqich talabalar orasida keng targi’b etilib  ijrosi ta’mminlanib borilmoqda, Jumlaladan;

 

2025 yil 12 mart kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov  hamda “Oʻz milliy bank” AJ boshqaruv raisi A.K.Mirsoatovlar tomonidan “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida memorandum imzolangan boʻlib, bunda 8 bob hamda 42 banddan iborat.

 

 

Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladigan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida faoliyat yuritadigan “Kelajakka qadam” markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz deb yuritiladi) maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlarini tartibga soladi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

“Kelajakka qadam” markazi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida kelishuvga muofiq 2025 yil  mart oyida “ Oʻz milliy bank” AJ “ Kelajakka qadam” markazi dirtektori Xoshimov Elmurodjon Abdusattorovich  hamda Andijon davlat tiibbiyot instituti rektori Madazimov Madamin  Moʻminovichlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025 yil        14 fevraldagi PQ-61 son qaroriga muofiq yoshlarning bandligini ta’minlash oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integrasiyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladigan “Kelajakka qadam”  dasturi ishtrokchilari xisoblangan holda usbu  hamkorlik kelshuvini imzoladilar.

Ushbu  kelishuvda har ikki tomonlarning hamkorlikdagi maqsadlari, hamkorlik yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari hamda  alohida keltirilgan shartlari belgilab berilgan.

Kelishuvga muofiq 2025 yilning iyun oyida   “Kelajakka qadam” markazining Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbariyati hamda institut rahbariyati hamkorligida  Institutning yangi 2000 oʻrinli oʻquv binosining 2 etajidan alohida xonalar ajratilib  “Kelajakka qadam” markazi tashkil etildi va “Oʻz milliy bank” AJ xodimlarini faoliyat oib borishlari uchun kompyter, xizmat telefonlari va boshqa barcha kerakli bo‘lgan jixozlar bilan ta’minlandi hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalarning “Kelajakka qadam” markaziga kirib – chiqishlari va    biznes gʻoyalari mavjud boʻlgan hamda uni amalga oshirish istagida boʻlgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun barcha shart sharoitlar yaratilib berildi.

“Kelajakka qadam” markazining Andijon viloyati hududiy bo‘limi va “Oʻz milliy bank” AJ xodimlari bilan hamkorlikda oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagida boʻlgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha doimiy ravishda seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.

– Bitiruvchi talabalar oʻrtasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Oʻz milliy bank” AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari keng targʻib qilish ishlari olib borilmoqda.

 

– Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan bitiruvchi bosqich talabalarini saralab olinmoqda va ularning tadbirkorlik boʻyicha koʻnikmalari shakllantirilib borilmoqda, biznes rejalarini tayyorlashda hamda koʻmaklashishda “Oʻz milliy bank” AJ Andijon viloyati hududiy bo‘limi hodimlari va institut rahbariyati tomonidan barcha zarur chora – tadbirla amalga oshirilib kelinmoqda.

“Kelajakka qadam” markazining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi hodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan bitiruvchi bosqich talabalariga oʻz biznes rejalari tayyorlashda va ularni taqdim etishda hamda ekspertizadan ijobiy xulosalar berishda hamda “Oʻz milliy bank” AJ tomonidan moliyalashtirish ishlari yoʻlga qoʻyilib kredit mablagʻlari ajratilib borilmoqda.

Bundan tashqari kadrlarninng asosiy iste’molchilari bo‘lgan ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan tanlovlarda ishtrok etish istagidagi talabalarni kelgusida ish bilan ta’minlanishini nazarda tutuvchi amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti va davlat tashkilotlari hamda korxonalar o‘rtasida dastlabki shartnomalar rasmiylashtirilib borilmoqda.

Tanlov natijalariga ko‘ra ijobiy baholangan talabalarning haq to‘lanadigan amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha ish beruvchi tashkilotlar hamda talabalar o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv shartnomalari rasmiylashtirilib borilmoqda.

Salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan, yirik korxonalarining oliy ma’lumotli mutaxasislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxasislarga qo‘yiladigan talablar shakllantirilib borilmoqda.

Qolaversa yuqoridagi ko‘rsatmalarga asosan  institutning asosiy binosida Karyera kunlri “Kelajakka qadam – shijoatli yoshlar uchun katta imkoniyatlar” mavzusida Kelajakka qadam” markazining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi, Andijon viloyati Oʻz milliy bank AJ boshqarmasi, Andijon viloyati yoshlar agentligi, Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi bo‘limi hamda Andijon, Namangan, Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari tarkibidagi tuman va shaharlarida joylashgan tibbiyot birlashmalari va muassasalari ishtrokida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkalari tashkil etilib kelinmoqda.

Instututda talabalarga taddbirkorlik va biznes reja ishlab chiqish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida  Davolash, Pediyatriya va kasbiy ta’lim yoʻnalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Andijon viloyati “Oʻzmilliy bank AJ” boshqarmasi xodimlarini jalb etilgan holda talabalarga kichik biznes va tadbirkorlik riviojlantirish hamda biznes loyihalarini shakllantirish mavzularida joriy yilning 8 sentyabrdan  12 sentyabr kunlari 2 soat                        (80 minutlik) har bir 1 oqimda 120 nafar talabalardan tashkil etilgan gruhlarda dars mashg’ulotlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 2-avgust  kuni, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarining 2025 yil kuni tasdiqlangan Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Kelajakka qadam ” dasturi doirasida “Talaba Expo – 2025 ” kasb ko‘rgazmasi shiyori ostida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkal;arini o‘tkazish bo‘yicha reja topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida  oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi kurs talabalari uchun Andijon viiloyati tuman va shaharlar kesimida  “Talaba Expo – 2025” kasb ko’rgazmasi shiyori ostida bo‘sh ish o‘rinlari  mehnat yarmarkalari   bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda 1 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan 500 dan ortiq yirik ish beruvchilar va tijorat banklari, 10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va abituriyentlar ishtirok etdi.

Jarayonlarda Andijon davlat tibbiyot institut rektori M.Madazimov boshchiligida institut jamoasi, va bitiruvchi talabalar ham faol  ishtirok etishdi.  Kasb ko‘rgazmasida institutning imkoniyatlari taqdimoti, abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirda institutning bitiruvchi kurs talabalari  o‘zlarining kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha tuman va shaharlarda joylashgan tibbiyot birlashmalariga ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari tadbirda  Kelajakka qadam dasturi bo‘yicha institutning bitiruvchi talabalari tomonidan tadbirkorlikno yo‘lga qo‘yish ko‘shimcha ish orinlarini yaratish  maqsadida ozlarini tayyor biznes loyihalari bilan ishtrok etishdi.

Instituti rahbariyati tomonidan “Oʻz milliy bank” AJ tomonidan kredit ajratilgan talabalarning manitoringi doimiy ravishda nazoratga olinib borilmoqda.

Hozirgi kunga qadar kredit olish istagida bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalar soni                    53 nafarni tashkil etib, shulardan 52 nafar talabada biznes loyihasi mavjud bo‘lib, shulardan  1 nafar 1 milyard so‘m, 2 nafari 800 milliyon so‘m, 1 nafari 135 milliyon so‘m, 2 nafari             50 milliyon so‘m va 46 nafar talabalar 10 milliyon so‘mdan kredit mablag’larini olishib o‘z tadbirkorligini yo‘lga ko‘yishdi.

Shuningdek: xozirgi kunda 1nafar bitiruvchi talaba 800. milliyon so‘m, 1 nafar bitiruvchi talaba 300 milliyon so‘m 2 nafar bitiruvchi talabalar 50 mln so‘m miqdoridagi “Biznes loyihasi” moliyalashtirish jarayonida.

Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni ilovada taqdim etaman.

 

 

 

 

Skip to content