«KELAJAKKA QADAM» LOYIHASI TALABALARGA TAYANCH B0ʼLMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«KELAJAKKA QADAM» LOYIHASI TALABALARGA TAYANCH B0ʼLMOQDA

17:49 09.07.2025

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ – 61-son «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash, jumladan respublika oliy ta’lim tashkilotlarida «Kelajakka qadam» markazininng hududiy bo’linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni o’zini – o’zi band qilishi va ishga joylashishiga ko’maklashish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” markazi faoliyat olib bormoqda.

Unda 2024-2025-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchi talabalar bilan Andijon viloyati «O’zmilliybank» AJ bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, 9-iyul kuni institut rektori M.Madazimov bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Suhbat davomida «Kelajakka qadam» dasturi asosida o’zini o’zi band qilish va kredit olish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabalarga esa mutaxassislar tomonidan yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilib, ko‘maklashilishi taʼkidlandi.

Suhbatdan soʻng Andijon viloyati «O’zmilliybank» AJ bosh boshqarmasi mas’uli har bir talabaning qiziqishlari bilan oʻrtoqlashdi va ularning maqsadlari roʻyobi uchun yoʻl-yoʻriqlarni koʻrsatdi.

Skip to content