alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!”

14:47 14.01.2021

Vatan barchamiz uchun muqaddas! Vatanni himoya qilish har birimizning sharafli burchimiz! Ota-onasi, yurti, farzandlariga mehri bo‘lgan har bir inson qalbida vatanparvarlik tuyg‘usi jo‘sh uradi.



Andijon shahrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda milliy armiyamiz tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan harbiy parad o‘tkazildi. Unda Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov ishtirok etdi.



Viloyatdagi harbiy qismlar, korxona, tashkilot, ta’lim muassasalarining harbiy bo‘limlari, harbiy o‘quv yurtlari kursantlarining shahdam qadamlar bilan paraddan o‘tishlari har bir ishtirokchi qalbiga g‘urur soldi.




Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi va harbiy kafedra kursantlari ham institut rektori M.M.Madazimov komandirligida bayram paradida faol ishtirok etdilar. Institutning “Yosh volontyorlar” jamoasi ham tomoshabinlar olqishlari bilan kutib olindi.




Paradda harbiylarimiz o‘z kuch-qudrati, harbiy mahoratini ko‘rsatdilar, zamonaviy harbiy texnika bayram tadbiri ishtirokchilarni olqishlari ostida namoyish etildi. Mard, jasur harbiylarning chiqishlari Vatanimiz himoyasi ishonchli qo‘llarda ekanligini ko‘rsatdi.

Harbiy paradning har bir ishtirokchisi qalbida: “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!”, – degan xitob yangradi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!