Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KIMYO-BIOLOGIYA INSTITUTI VA BISHKEK XALQARO TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

20:29 05.07.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlamoqda. Xususan, bugun Qozon Federal universitetining Kimyo-biologiya instituti oʻrtasida onlayn kelishuv oʻtkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Kimyo-biologiya instituti rektori Ziganshin Marat Ahmedovich oʻzaro suhbat olib bordilar va har ikki oliy taʼlim muassasalari o’rtasida kelajakda amalga oshiriladigan ishlar, akademik va talabalar mobilligi, ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma ilmiy loyihalar haqida kelishib olindi.

Shuningdek, xuddi shunday suhbat Qirgʻizistonning Bishkek Xalqaro tibbiyot universiteti bilan ham oʻtkazildi. Suhbatni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov olib bordi.

Skip to content Click to listen highlighted text!