alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KINOIJODKORLAR VA TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

12:32 01.04.2023

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan «Seni sog‘indik bahor» shiori ostida o‘tkazilayotgan  “Kinokarvon” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari – Isamat Ergashev hamda kinorejissyor  Hilol Nasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar –  Anvar Azimov, Fotima Rejametovalar talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, so‘z olgan kinoijodkorlar bugungi kunda kino sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, davlatimiz tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan e’tibor haqida aytib o‘tdilar. Milliy filmlarimizda o‘ziga xos milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz aks etayotganligi va ushbu filmlar xalqaro kinofestivallarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritayotganligini aytib o‘tdilar.

Shuningdek, joriy yilning 30-aprel kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan referendum jarayonlari hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi, bu barchamizning ertangi kunimiz, farzandlar kelajagi uchun muhim jarayon ekanligini aytib o‘tdilar.  Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida barcha sohalarga alohida e’tibor berilgani haqida ta’kidladilar. Ijodkorlar barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!