alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KINOKARVON” LOYIHASI DOIRASIDA TANIQLI AKTYOR, AKTRISALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

17:44 10.06.2024

Bugun, 10-iyun kuni “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz» shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy, ijodiy “Kinokarvon” loyihasi doirasida Respublikamizning taniqli ijodkorlari O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Egamberdi Rahimov,  iste’dodli aktyor va aktrisalar Umid Shodmonov, O‘tkir Mengliyev, Ilmira Rahimjonova Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Elimiz suygan sanʼatkorlarni institut jamoasi iliq qarshi oldi.  Uchrashuvda so‘z olgan ijodkorlar yurtimizdagi keng koʻlamli islohotlarni eʼtirof etib, kino olamidagi yangiliklar bilan tanishtirdi. Suhbat davomida kino sohasida erishilayotgan yutuqlar hamda kino va teatrning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat, insoniylik haqida ibratli rivoyatlar aytildi. Talaba-yoshlarni yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirildi.

Shuningdek, mahoratli teatr va kino aktyor, aktrisalari tomonidan xalqimiz sevib tomosha qiladigan, qalblardan chuqur joy egallagan spektakl va kinolardan parchalar, qo‘shiqlar ijro etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!