Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KITOB BUYUK NEʼMAT – ALLOMALAR IBRAT” MAVZUSIDA ADABIY-BADIIY KECHA OʻTKAZILDI

18:35 22.04.2022

Bugun Ilmiy kengashlar zalida Davolash fakulteti tyutori M.Mamajonova tomonidan “Kitob buyuk neʼmat – allomalar ibrat” mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi. Unda viloyat Qizil yarim oy jamiyati va Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash “Mehrimiz sizga” ayollar markazi rahbari X.Mirzarahimova, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi oʻrinbosari K.Abduvaliyeva, Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Davolash fakulteti dekani oʻrinbosari M.Oʻlmasov, Q.Sultonov hamda Axborot resurs markazi direktor o’rinbosari M.Qo’ldosheva ishtirok etdi.

 

Tadbir tanlov tariqasida, fakultetining guruh sardorlari oʻrtasida boʻlib, unda 4 nafar shijoatli yigitlar bilimda oʻzaro kuch sinashdi.

Dastavval oʻzlarini tanishtirgan ishtirokchilar buyuk allomalarimiz, Vatanimiz erkligi yoʻlida jonfido qilgan, asarlari bilan dunyoni lol qoldirgan ajdodlarimiz haqida bilganlarini namoyish etdilar. Mazkur mavzu boʻyicha boʻlgan savollarga ham batafsil javob berdilar. Shartlar davomida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umar Hayyom, Muhammad Yusuf kabi bobolarimizning asarlariga nazar tashlandi.

 

Tadbirda shahrimizdagi 37-umumtaʼlim maktabining isteʼdodli oʻquvchilari ham munosib ishtirok etdi. Ularning sahna koʻrinishlarida Amir Temur, Bibixonim, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Toʻmaris, Jaloliddin Manguberdi, Zulfiyaxonim, Abdulhamid Choʻlpon kabi siymolarimiz gavdalandi.

Institutimizning “Andijon polkasi” jamoasining chiqishi esa tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!