alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KITOB ENG YAQIN HAMROH

16:14 09.04.2022

Ayniqsa, bolajonlarni ezgulikka, mehnatsevarlikka oʻrgatuvchi ilmu ziyodir.

Marhamat tumanidagi Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida moʻjaz kutubxona bor. Imkoniyatlarga yarasha kutubxonlari ham bisyor. Ana shunday kitobsevar aʼzolaridan biri Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasidir.

Bugun mazkur kutubxonada tuman oʻquvchilari bilan suhbat oʻtkazildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkillangan suhbatda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, Stomatologiya fakultetining dekan oʻrinbosari H.Mahmudov va Davolash fakultetining tyutorlari ishtirok etdi.

Suhbat davomida soʻz olganlar kitobning inson hayotidagi ahamiyati, yuksak marralarni egallashda, komil inson boʻlib shakllanishda kitobning oʻrni beqiyos ekanligi, ulugʻ allomalarimiz, adabiyotimiz namoyondalarining asarlari borasida hayotiy misollar bilan oʻquvchilarga maʼlumot berdilar. Suhbat davomida jajji qizlar chiroyli raqs ijro etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!