Xalqimizning o’ziga hos ajoyib anʼana va udumlari bor. Ular orasida yurtdoshlarimizning kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbati alohida ajralib turadi. Darhaqiqat, kitob tafakkur hazinasi, ko‘ngil oromi, beminnat suhbatdoshdir. Kitobga oshno bo‘lgan qalblarda hech qachon yomonlik bo‘lmaydi. Bugun institut Xotin-qizlar maslahat kengashi, Axborot resurs markazi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida kunning eng dolzarb masalalaridan biri kitob mutolaasiga bag’ishlangan “Kitob mutolaasi ayol timsolida” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G. Xolmatova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i Z.Toshtemirova va pedagoglar, murabbiy tyutorlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olganlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, odamzot yaralganida boshlab doimo komillikka intilishi, dunyoqarashini boyitib borishi, chin inson bo‘lib yetishishida kitobning alohida o‘rni borligi haqida aytib o’tdilar. Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning kitob haqidagi ibratli fikr va hikoyatlaridan parchalar aytildi. Tadbir davomida kitoblar taqdimoti ham o’tkazilib, ularning qisqacha mazmuni yig’ilganlarga yetkazildi.