Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KITOBXONLIK TADBIRIDA G‘AZALXONLIK KECHASI

13:50 20.04.2022

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot-resurs markazida kitobxonlik tadbirlari davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan yana biri Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Unda barcha tashkilot va ta’lim muassasalari xodimlari bilan bir qatorda Andijon davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti dekani o‘rinbosari M.O‘lmasov hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar shoh va shoirning faoliyati, harbiy yurishlari, shuningdek, uning nodir “Boburnoma” asari xususida fikr-mulohaza bildirdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar shoir qalamiga mansub g‘azallar va ruboiylardan namuna keltirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!