alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KLINIK ENDODONTIYA” MА’RUZАSI YAKUNIGА YETDI

14:18 22.05.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiyot oliygohlaridagi taʼlim tizimini tubdan isloh qilish boʼyicha topshirigʼiga asosan, Аndijon davlat tibbiyot institutida Xarkov milliy tibbiyot universiteti bilan onlayn maʼruzalar va anjumanlar oʼtkazish anʼanaga aylangan.

Universitetning terapevtik stomatologiya kafedrasi dotsenti Dolya Eduard Igorovich tomanidan navbatdagi onlayn maʼruza oʼtildi. Unda Stomatologiya fakultetining talabalari va professor-oʼqituvchilari ishtirok etdilar. Maʼruzalar yakunida talabalar Klinik endodontiya propedevtikasi kursining yakuni boʼyicha sertifikatlar bilan taqdirlandilar.