Andijon davlat tibbiyot instituti 2-akusherlik-ginekologiya kafedrasida klinik simulyatsiya mashg’lot – trening bo`lib o`tdi. Klinik simulyatsiya treningini kafedra professori T.K. Muhitdinova, kafedra mudiri H.N Negmatshayeva ochib berdi.
Klinik simulyatsiya treningi jarayonida 2-kurs klinik ordinatori G .O Bobojonova “O’tkir qorinda tuxumdon apopleksiyasi va tuxumdon o’smalarini oyoqchasini buralib qolishi” mavzusida taqdimot qildi.
Simulyatsion jarayonida ordinatorlar shifokor va bemor o’rtasidagi deantologiyani, qo’l yuvish texnikasi algoritmini qadamma-qadam bajarishni, labarator tekshiruv uchun qon olish texnikasini, qin orqali bimanual ko’ruvni, kul’dosentez qilish texnikasini, mulyajda kistomektomiya, tuhumdon apopleksiyasida tuhumdonni tiklash operaysiyasini qilish tartibini ko’rsatib berdilar. Klinik simulyatsiya treningini mavzusi bo’yicha videoroliklar ko’rsatildi va sahnalashtirilgan jarayonlarda klinik ordinatorlar o’z chiqishlarini namoyish qildilar.
Simulyatsion trening jarayoni so’ngida ekspertlar klinik ordinatorlarga kamchiliklarini bayon qildilar va o’z tajribalaridan kelib chiqqan holda fikr mulohazalarini bildirdilar.
H.N.Negmatshayeva
2-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri