alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Klinik simulyatsion mashg’ulot

16:53 21.11.2019

  Andijon davlat tibbiyot instituti 2-akusherlik-ginekologiya kafedrasida klinik simulyatsiya mashg’lot – trening bo`lib o`tdi. Klinik simulyatsiya treningini  kafedra professori T.K. Muhitdinova, kafedra mudiri H.N Negmatshayeva ochib berdi.

Klinik simulyatsiya treningi jarayonida 2-kurs klinik ordinatori    G .O Bobojonova “O’tkir qorinda tuxumdon apopleksiyasi va tuxumdon o’smalarini oyoqchasini buralib qolishi” mavzusida taqdimot qildi.

Simulyatsion jarayonida ordinatorlar shifokor va bemor o’rtasidagi deantologiyani, qo’l yuvish texnikasi algoritmini qadamma-qadam bajarishni, labarator tekshiruv uchun qon olish texnikasini, qin orqali bimanual ko’ruvni, kul’dosentez qilish texnikasini, mulyajda kistomektomiya, tuhumdon apopleksiyasida tuhumdonni tiklash operaysiyasini qilish tartibini ko’rsatib berdilar. Klinik simulyatsiya treningini mavzusi bo’yicha videoroliklar ko’rsatildi va sahnalashtirilgan jarayonlarda klinik ordinatorlar o’z chiqishlarini namoyish qildilar.

Simulyatsion trening jarayoni so’ngida ekspertlar klinik ordinatorlarga kamchiliklarini bayon qildilar va o’z tajribalaridan  kelib chiqqan holda fikr mulohazalarini bildirdilar.
 

H.N.Negmatshayeva

  2-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri                                                        

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!