ADTI talabalar turar joyida “Kafedra kuni” munosabati bilan ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Odiljon Salohiddinov tashabbusi bilan pediatriya fakultetining 4-kurs talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy rukndagi “Komil insonga xos fazilatlar” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan salomlashish odobi, halollik, kamtarlik, kechirimlilik, rostgo‘ylik, ozodalik, ota-onaning qadrlash, shukronalik mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.
O‘tkirbek Arziqulov,
ADTI psixologi