Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan mutaxassislarimizning navbatdagi manzili Andijon tumani “Do‘stlik” MFYda joylashgan Ko‘nji OShP bo‘ldi. Mazkur tadbirda 15 turdagi shifokorlarimizning 24 nafari 3-4-guruhga kiritilgan 427 nafar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Ko‘ruvlar davomida 117 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 7 nafar bemor viloyat davolash muassalariga yo‘llanma asosida yuborildi. 48 nafar bemorlarga esa bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 115 ta UTT, 119 ta EKG va 131 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazildi.