«KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI» NOMLI BAYRAM TADBIRI BOʻLIB OʻTDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI» NOMLI BAYRAM TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

13:47 06.12.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati Andijon davlat tibbiyot  institutida yuqori saviyadagi tadbir tashkil etildi. Bayram tadbiri avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, fakultetlar dekanlari, profilaktika inspektorlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar ushbu kun munosabati bilan barchani tabriklab, Konstitutsiyada inson qadri asosiy omilga aylangani, yoshlar hamda taʼlim sohasiga qaratilgan eʼtibor borasida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan vatan, Konstitutsiya mavzusida sheʼrlar, milliy qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Xorijlik talabalar ham Konstitutsiya moddalaridan  yod olib, aytib o‘tdi. Shuningdek, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov tomonidan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qib eshittirildi.

Bundan tashqari, “Konstitutsiya haftaligi” doirasida o‘tkazilgan turli koʻrik-tanlov va sport musobaqalari gʻoliblari ham diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!