alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KONSTITUTSIYA MENIKI, SENIKI, BIZNIKI! KONSTITUTSIYA O‘ZIMIZNIKI!

21:01 02.04.2023

2-aprel kuni, Andijon shahridagi Hokim sport maktabining sport arenasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki”  shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Doiraning sho‘x sadolari bilan boshlangan tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov tashrif buyurib, barcha yoshlarni Referendum jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida aytib, unda yoshlar, ularning huquq va imkoniyatlariga oid alohida bob ajratilganligini taʼkidladi.

 

Konsert dasturi shaklida tashkil qilingan ushbu konsert dasturida institutimizning professor-o‘qituvchilari, fakultetlar dekanlari, o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etdilar.

Taniqli sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!