(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Konstitutsiyamiz  – Baxtimiz Qomusi

11:08 07.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasi binosida Fakultet gospital jarrohlik kafedrasi tomonidan  «Shukronalik» tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov ochib, yurtimizdagi tinch va osoyishtalik, har bir kunimizga shukronalik keltirishimiz kerakligi xususida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylandi.

Fakultet gospital jarrohlik kafedrasi professori J.G.Saidxadjayeva va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, dosent R.N.Yuldashyevlar tomonidan yurtimizda va xorijiy davlatlarda bo‘layotgan yangiliklar va 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan konstitutsiyaning mazmun mohiyati, fuqarolarimizni huquq, erkinliklari va burchlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Tadbir yakunida Davolash fakulteti dekani, dosent B.Yu.Mamatov talabalarga institut ichki tartib qoidalari, tibbiyot instituti talabasining kiyinish madaniyati haqida gapirib, darslar jarayonida ularga omad va zafarlar tiladi.



Institutning 2-o‘quv-laboratoriya binosida  umumiy gigiyna kafedrasi, asosiy binoda xorijiy tillar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirlari ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlandi.


“Shukronalik” tadbirlarida talabalar  O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi Baxtimiz Qomusi ekanligini yana bir bor xis qilishlari bilan birga huquqiy bilimlari ham boyitdilar.

ADTI axborot xizmati