Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Koreya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. U yerdagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, tibbiyot markazlarining faoliyati bilan tanishib, hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga kelishmoqdalar. Ularning bugungi manzili simulyatsion markaz bo‘ldi, u yerda mahorat mashg‘ulotlarini o‘tadilar.
Markazda mutaxassislarning tezkor tibbiy yordam jarayonlarini talabalarga innovatsion yondashuv asosida o‘rgatish tartiblari bilan tanishdilar va bevosita amaliyot jarayonlarida qatnashdilar.
Kun yakunida institutimiz delegatsiyasi birlamchi yordam taʼlimi yo‘nalishi bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlandilar.