Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORRUPSION HOLATLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

18:37 17.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda fakultetlarning dekanlari, ularning oʻrinbosarlari, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, kafedralarning xodimlari, professor-oʻqituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.

Davra suhbati avvalida Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi rahbari S.Asqarov korrupsiya, unga sabab boʻluvchi omillar, korrupsiyaning oldini olish, mazkur holatlarni sodir etgan har bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shundan soʻng mavzu borasida videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov hamda Umumiy jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri v.v.b. X.Musashayxov ham talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish immunitetini shakllantirish, darslar davomida bunday salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida hafta davomida professor-oʻqituvchilar va tyutorlar bilan hamkorlikda mavzu borasida profilaktik tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!