alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

18:50 10.02.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbar va xodimlari ishtirokida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari yuzasidan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti viloyat boshqarmasi bo’limi boshlig’i N.Abdusattorov ishtirok etdi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib berdi va targʻibotdan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada boyitish, malakali tibbiyot kadrlarini yetishtirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish asosiy vazifa ekanligini ta’kidladi.

Shundan so’ng mutaxassis tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi borasida ma’lumot berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo’limi rahbari S.Asqarov esa institutda xodimlar va talabalar o’rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ular orasida xizmat mavqeini suisteʼmol qilish va korrupsiyaning oldini olish maqsadida seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyilib, profilaktika tadbirlari amalga oshirilayotganligi borasida hisobot berdi.

Tadbir so’nggida ishtirokchilar tomonidan qo’shimcha fikr-mulohazalar bildirildi. Ularning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!