alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida keskin choralar qo‘llanishi zarur

18:08 04.03.2020

Oliy ma’lumotli insonlar jamiyatning ilg‘or qatlami hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olgan yoshlar jamiyatning taraqqiyotiga har tomonlama ko‘mak bera oladi. Shuning uchun ham oliy ma’lumotli yoshlarga hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda va ularga katta ishonch bildirilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy Kengashlar zalida magistratura yo‘nalishlari talabalari va klinik ordenatorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda  institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  P.X.Asxanov o‘z so‘zini yuqoridagi fikrlar bilan boshladi. Ammo, ayrim yoshlar jamiyatning og‘riqli nuqtasiga aylangan korrupsiya girdobiga tushib qolayotganligini achinish bilan aytib o‘tdi. Shuningdek mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari xususida so‘z yuritdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, talabalar, tez kunlarda mustaqil mehnat faoliyatini boshlaydigan  magistratura talabalari va klinik ordenatorlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, korrupsiyaga qarshi ko‘nikmalarni shaklantirish va o‘rgatish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlarining, balki butun jamiyat va har bir fuqaroning eng muhim vazifasi ekanligi e’tirof etildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ochiq muloqot tarzida o’tgan yig‘ilishda yoshlar xalqimiz bildirgan ishonchga javoban ezgu maqsadlar bilan ilm olishlari, korrupsiyaga qarshi kurash borasida keskin choralar qo‘llanishi zarurligi yuzasidan fikrlar bildirildi.

Q.Isaqov,

ADTI magistratura bo‘limi uslubchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!