Andijon davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminarni Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov ochdi va mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash prorektori P.X.Asxanov so‘zga chiqdi va O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida videoroliklar namoyish etildi.
Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, t.f.d., X.X.Tursunov so‘zga chiqib oliy ta’lim tizimida korrupsiya bilan shug‘ullanish ma’naviyatimizga yot illat va korrupsiya bilan bog‘liq har qanday holatga jazo muqarrarligini ta’kidladi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar ma’ruzalar yuzasidan o‘zlarining fikr-muloxazalarini bildirdilar.
X.X.Tursunov
Vrachlar malakasini oshirish
va qayta tayyorlash fakultet dekani