alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Korrupsiyaga qarshi kurash“ mavzusida o‘quv – seminar

16:15 10.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurash”   mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminarni Andijon davlat tibbiyot instituti   Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani  X.X.Tursunov ochdi va mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash prorektori P.X.Asxanov so‘zga chiqdi va O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida videoroliklar namoyish etildi.

Vrachlar  malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, t.f.d., X.X.Tursunov so‘zga chiqib oliy ta’lim tizimida korrupsiya bilan shug‘ullanish ma’naviyatimizga yot illat va korrupsiya bilan bog‘liq har qanday holatga jazo muqarrarligini ta’kidladi.  Shuningdek, seminarda  ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar ma’ruzalar yuzasidan o‘zlarining fikr-muloxazalarini bildirdilar.

  X.X.Tursunov

Vrachlar malakasini oshirish 

va qayta tayyorlash fakultet dekani

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!