Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti va Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi bilan hamkorlikda professor- oʻqituvchilar ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish va bu illatlarga qarshi kurashish borasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiya holatlari, uning oqibatlari, qonun oldida pora beruvchi, oluvchi, vositachilik qiluvchi ham barobar javob berishi lozimligi toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Shuningdek, mavzuga oid videofilmlar namoyish etildi va bu borada muxokama qilindi.