“KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABATDA BO‘LAYLIK” MAVZUSIDA UMUMPROFILAKTIK YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABATDA BO‘LAYLIK” MAVZUSIDA UMUMPROFILAKTIK YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

09:16 23.05.2024

Bugun, 23-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov tomonidan bo‘lim boshliqlari va fakultet dekanlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘laylik” mavzusida umumprofilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni, uning mazmun-mohiyatini tanishtirib o‘tildi.

Yosh avlodni korrupsiya illatiga murosasiz ruhda tarbiyalash borasida professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish ta’kidlab o‘tildi. O‘quv yili yakuniy imtihonlarni adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish, bu borada professor-o‘qituvchilar hamda talabalar orasida tushuntirish ishlari olib borish yuzasidan vazifalar belgilandi. Tadbir davomida savol-javoblar, fikr almashishlar bo‘lib o‘tdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!