Ilmiy kengashlar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Korrupsiya- kelajakka taxdid”, “Korrupsiyaga yoʻq deymiz” shiorlari ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda viloyat prokuratura boʻlimi prokurori Z.Ismoilov, viloyat Musulmonlar idorasi rahbari oʻrinbosari H.Sulaymonov, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat tizimini boshqarish boʻlimi rahbari S.Asqarov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi H.Qo’chqorov ishtirok etdi.
Tadbir avvalida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va ayanchli oqibatlari mavzusidagi videoroliklar namoyish etildi. Shundan soʻng mutaxassislar tomonidan korrupsiyaning inson hayotiga va kelajagiga salbiy taʼsiri, korrupsiya taʼsiriga tushib qolgan pora beruvchi, oluvchi, vositachilik qilgan shaxslar qonun oldida tegishli javob berishlari borasida maʼlumot berdilar.
Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari borasida ham talabalarga batafsil tushuntirib oʻtildi.