alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Korrupsiyasiz hayot sari”

13:07 18.01.2020

Yurt obodligi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi jamiyatda Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan  bog‘liq. Qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan  samarali vosita yo‘q. Jamoatchilik nazoratini ko‘pchiligimiz davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat deb tushunamiz. Afsuski, bu bilan  cheklanish noto‘g‘ri. U jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biri. Bugungi kunda aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyati sezilarli darajada oshdi, qonunlarga bo‘lgan munosabati ham o‘zgardi. O‘z huquqini bilgan odam qonunbuzilishning ham oldini  oladi.

Jamiyatning og‘riqli nuqasi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash borasida ham keng jamaotchilik, ayniqsa, yoshlarning alohida o‘rni bor. Shuning uchun ham talabalar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, jumladan korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Gavharoy Minavarova tashabbusi bilan “Korrupsiyasiz hayot sari” mavzusi ostida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi ham talabalarning korrupsiyaga bo‘lgan munosabatini aks ettirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlovda instituning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar guruhlari ishtirok etishdi. Ijodiy guruhlar o‘z rasmlari – plakatlarida karrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, bu jinoyatga qo‘l urishning ayanchli oqibatlarini turi tasvirlar orqali ko‘rsatib berishdi. Talabalarning jinoyatchilikka qarshi kurash mavzusidagi ijodiy ishlari asosida kafedra zalida ko‘rgazma tashkil etildi.

Mavzu yuzasidan “Eng yaxshi plokat” deb topilgan ijodiy ishlar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib taqdilandilar. Korrupsiyasiz hayot, adolat bayrog‘i baland ko‘tarilganda jamiyatda shaffoflik, ochiqlik va mutanosiblik hukm suradi. Bunga erishish yo‘lida barchamiz bir kuch bo‘lib  kurashmog‘miz kerak.

M.Abdurahmanova

ADTI Tillar, pedagogika va psixologiya

kafedrasi o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!