alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORRUPSIYASIZ YANGI O‘QUV YILIGA QADAM QO‘YAMIZ!” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

14:37 24.08.2021

“KORRUPSIYASIZ YANGI O‘QUV YILIGA QADAM QO‘YAMIZ!” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyda “Korrupsiyasiz – yangi o‘quv yiliga qadam qo‘yamiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari, bosh auditor, akademik litsey xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati avvalida “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari” mavzusidagi videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng institut va akademik litsey xodimlariga soha mutaxassislari tomonidan korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari, pora beruvchi, oluvchi, vositachilik qiluvchi shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi muqarrar ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvini korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi, “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarorlari borasida ham tushunchalar va qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!