Аndijon davlat tibbiyot institutining talabalari safidan joy olish shifokor boʼlishni niyat qilgan yoshlarning katta istagi. Namangan viloyatidagi Kosonsoy Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining bitiruvchi oʼquvchilari institutimizda boʼldilar. Ularga institutning maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi uslubchilari talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdilar. Inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot-resurs markazi va o‘quv xonalarida bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan kerakli javob oldilar