Bolalar jarrohligi kafedrasida professor-oʻqituvchilar va talabalarga “Oliy taʼlimda kredit-modul tizimi: asos va amaliy tajribalar ahamiyati” mavzusida seminar oʻtkazildi. Seminarni kafedra mudiri B.Mirzakarimov hamda kafedraning katta oʻqituvchisi K.Qadirov olib bordi.
Seminar davomida ishtirokchilarga kredit-modul tizimi, kredit-modul tamoyilida asosiy masalalar, tizim modeli, professor-oʻqituvchilar va talabalarga tizimning afzalliklari borasida taqdimot orqali maʼlumotlar berib oʻtildi.