
Bugun, 6-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Suxinin Andrey Anatolevich bilan uchrashdi.
Unda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, tibbiyotning qator sohalari bo’yicha o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha fikr almashdi.
Shundan so‘ng, tibbiyotning qator sohalarini rivojlantirish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.