Ma’lumki, aprel – “Salomatlik oyi” deb e’lon qilindi. Normal fiziologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari ham tashabbusni qo‘lga olishdi. Har tong dars va amaliy darslarni boshlashdan avval badantarbiya mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. Bu esa kunning yuqori kayfiyatda o‘tishini va samaradorligini ta’minlaydi.