Tiriklik deb atalmish bu dunyoning oʼziga yarasha gʼamlari, tashvishlari, quvonchlari, iztiroblari boʼladi. Bugun dilimizni hayajonga solgan quvonchni barchaga ilingim keldi. Bugun mana shu yurtning taraqqiyoti uchun jonini berib ishlayotgan har bir maʼnaviyat fidoiysining bayrami. Elning nomini dunyolarga yoygan farzandlar tarbiyasiga va kerak boʼlsa millat kelajagiga masʼul bu soha uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytganda, toʼlqinlanmay boʼladimi?
Kuni kecha muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorning eʼlon qilinganini, yurtimizning barcha fidoiy maʼnaviyatchilari, ziyolilari qatori Аndijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham yuqori kayfiyat bilan kutib oldilar. Qaror bilan tanishish asnosida, bugungi kunda jamiyatda eng asosiy ustuvor masalaga aylanib borayotgan maʼnaviyat masalasida ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʼoyasini keng targʼib etish orqali jamiyatda sogʼlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash maqsadida hamkorlik tadbirlarini muntazam tashkil etib borish, targʼibot-tashviqot va tarbiya yoʼnalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha boʼyicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʼ-aymoqchilik, korruptsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining Internet tarmogʼidan foydalanish madaniyatini yaxshilash borasida amalga oshirilishi zarur boʼlgan muhim vazifalar hamda yot xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va sanʼatning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam oʼrganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali gʼoyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bogʼliq masalalarning muhim muammo sifatida qoʼyilishi hali bu sohada amalga oshirishimiz zarur boʼlgan vazifalar koʼlamining qanchalik kengligini koʼrsatadi.
Kezi kelganda, aytish joizki, ushbu Qarorni men maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi muammolarimizning yechimini koʼrsatib beruvchi dastur, yaʼni MАЪNАVIY HАYoT DАSTURI degim keldi. Chunki, ushbu qaror orqali sohada oʼz yechimini kutayotgan muammoli masalalarga yechim topilgani maʼnaviyat fidoiylarini yanada yonib ishlashga undaydi. Аyniqsa, ushbu Qaror bilan yoshlar bilan ishlashda muammoli masalalarning qoʼyilganligi va uni ijrosini taʼminlash uchun aniq manzilli takliflar bildirilgani eʼtiborga molikdir. Qarorda Respublikamizda, davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qatʼiy nazar, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor (direktor oʼrinbosari) lavozimi joriy etilishi, 2021/2022 oʼquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimining tegishli taʼlim yoʼnalishlari oʼquv rejalariga bakalavriat bosqichida “Maʼnaviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy maʼnaviyat” fanlari kiritilishi hamda magistratura taʼlim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi boʼyicha kadrlar tayyorlanishini yoʼlga qoʼyilishi ham har tomonlama yuksak bilimga ega boʼlgan, botiniy va zohiriy olami uygʼun boʼlgan yuksak maʼnaviyat sohiblari hamda ajdodlariga munosib voris tayyorlash uchun mehnat qilayotgan maʼnaviyat fidoiylarining zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi. Yoshlarimiz dastlab, bakalavr bosqichida maʼnaviyatshunoslik boʼyicha nazariy bilimlarini boyitib borib, magistratura bosqichida kasb maʼnaviyatini bilish va anglash, hamda uni oʼrganish yoʼlida qanday tamoyillarga amal qilishlari kerakligi xususida zaruriy xulosalarni olishi kelgusida ularning hayot yoʼllarida muhim ahamiyat kasb etishi tayin.
Shu maʼnoda ushbu fanlarning oʼquv rejalariga kiritilishi ayni muddao boʼlgan. Bugungi kunda Oʼzbekistonda uchinchi Renessansni barpo etish masalasi asosiy ustuvor masala boʼlganligi uchun ham bugun biz ziyolilar ajdodlarimiz Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʼbek, Navoiy va Boburlarga munosib vorislar tarbiyalash yoʼlida fidoiylik bilan xizmat qilishimiz lozim. Shu oʼrinda oila,taʼlim tashkilotlari va mahallalarda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash maqsadida oʼtkaziladigan hamkorlik asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar kelgusida Mustaqil Oʼzbekiston taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʼshadigan, har tomonlama bilimli va komil insonlarni va maʼnan yetuk yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga egaligi bilan dolzarblik kasb etadi. Bundan tashqari, maʼnaviyat sohasidagi muammoli masalalar yechimiga bagʼishlangan ilmiy tadqiqotlar yozishning yoʼlga qoʼyilishi ham sohadagi muammolarni yechishda muhim vosita boʼlib xizmat qiladi. Ushbu yoʼnalishda ilmiy izlanishlarni olib borish zimmamizdagi ulkan vazifalardan biridir.
Umuman olganda, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan eʼlon qilingan Qarorni men maʼnaviy-maʼrifiy sohada aniq va manzilli takliflar, dasturlar, kutilayotgan natijalar, mezonlar yoritib berilgan MА’NАVIY HАYOT DАSTURIGА mengzagim keldi. Ushbu muhim Qaror biz uchun keyingi faoliyat davrimizda, sohada amalga oshirilishi moʼljallangan va aniq yechimini kutayotgan muammolar belgilab berilgan MА’NАVIY HАYOT DАSTURI HISOBLАNАDI. Ushbu dasturda taʼkidlangan vazifalarning oliy darajadagi ijrosi jahon afkor ommasiga bejizga maʼnaviyatimizning asl namunalari jannat oʼlkasi YANGI OʼZBEKISTON zaminida yaratilmaganining yana bir isbotini koʼrsatib beradigan oyna desam mubolagʼa qilmagan boʼlaman. Men ishonaman, ushbu MА’NАVIY HАYOT DАSTURINI АNGLАSH VА UNI UQISH YOʼLIDА olib boriladigan ishlar kelgusida albatta oʼz samarasini beradi. Biz, Аndijon davlat tibbiyot instituti jamoasi, jonajon Oʼzbekistonimiz uchun uning taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshish yoʼlida ushbu MА’NАVIY HАYOT DАSTURIGА ezgulik ulashish yoʼlidagi ishlarimiz bilan oʼz hissamizni qoʼshamiz hamda yurtdoshlarimizni ham bu yoʼlda FIDOIYLIK BILАN XIZMАT QILISHGА CHORLАB QOLАMIZ.
Mirzohid Botirov
АDTI YOSHLАR BILАN ISHLАSH BOʼYICHА PROREKTORI